Foto: «BitNovosti»
AQSH Milliy xavfsizlik agentligi hamda MRB sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining «Shaxsiy ish» kitobi sotuvi hamda ma’ruzalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan Qo‘shma Shtatlar hukumatiga 5 millionov dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘tkazib berishga rozi bo‘ldi.
AQSH hukumati da’vosida Snouden maxsus xizmatlarda ishlagan paytida ma’lumotlarni ochiqlamaslik to‘g‘risidagi majburiyatga zid ravishda keyinchalik memuarlar chop etgani, xususan, «Shaxsiy ish» sotilishidan tushgan barcha daromadlar AQSHga tegishli ekani ta’kidlangan edi.
Amerika OAVlariga ko‘ra, Snouden o‘z kitobini sotishdan shu paytgacha 4,2 million dollar, maxfiy ma’lumotlar ochiqlangan chiqishlaridan esa bir million dollardan ko‘proq ishlagan, deyiladi TASS xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Edvard Snouden 2013 yili Amerika maxsus xizmatlari internet orqali qanday ishlayotganini, jumladan, xorij rahbarlari so‘zlashuvlarini kuzatib borishini oshkor qilgandi.
AQSH hukumati ta’qibidan qutulish uchun sobiq maxfiy agent qator mamlakatlardan boshpana so‘ragan va 2014 yilda Rossiya uni uch yilga qabul qilgandi. Keyinchalik bu muddat yana shunchaga uzaytirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?