13:43 / 25.09.2020
3 416

Britaniyada o‘g‘rini eshik tutib berdi (video)

Britaniyada o‘g‘rini eshik tutib berdi (video)
Buyuk Britaniyada do‘konni o‘marishga kelgan 19 yoshli yigit bexosdan yopilib qolgan eshik sababli jinoyat joyidan qochib keta olmadi. «Daily Mail» xabariga ko‘ra, o‘tgan yil dekabrida Nottingem yaqinida sodir bo‘lgan ushbu voqea videosi endi ochiqlandi.

Videodan ko‘rish mumkinki, qo‘lida tayoq (bilyard o‘ynaladigan kiy) bilan do‘konga tushgan talonchi sotuvchilardan bir nima undira olmaganidan so‘ng qochishga urinadi, ammo eshik qattiq bekilib qolgandi. Eshikni ocholmagan jinoyatchi oynani sindirib chiqadi. Ko‘chada esa guvohlar tomonidan tutib olinadi.

Keyinchalik talonchi giyohvand ekani aniqlandi. Pul navbatdagi doza uchun kerak bo‘lgan. Sud omadsiz o‘g‘rini ikki yilga ozodlikdan mahrum etdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada o‘g‘rini eshik tutib berdi (video)