Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi

1 daqiqa o'qish2.7K
Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi
Foto: NASA
Event Horizon Telescope loyihasida ishtirok etuvchi olimlar Yerdan 55 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan M87 qora tuynugi atrofidagi halqaning plazmasi aylanishi va turbulent o‘zgarishga uchrashini isbotlovchi ilk vizual dalillarga ega bo‘ldi. Suratlar ilk bor bundan bir yil oldin taqdim etilgan, deb yozadi The Astrophysical Journal.

Olimlar mazkur ob’yektni 2009 yildan buyon kuzatib keladi. Hozirga kelib mutaxassislar halqa plazmasi o‘zining yorqinligini o‘zgartirganini aniqlangan. Halqa markazida joylashgan qora tuynuk soyasining o‘lchami o‘zgarmagan bo‘lib, bu ob’yektning tabiatini tasdiqlaydi.

Halqa chang va gazlardan iborat. Ular aylanib, akkretsion diska tarkibida qora tuynukka tushadi, notekis yorqinlik esa Dopler effektining oqibati. Kuzatuvchi yo‘nalishida harakatlanayotgan diska yorqinroq, uzoqlashayotgani esa oqroq. Ushbu holatda yorqin qismi halqaga yaqinlashgan, bu esa oqimning turbulentligidan dalolat.
Ulkan qora tuynukning yangi suratlari olindi
Foto: Ioppsiense
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, bu kabi kuchli tebranishni magnit maydoni yoki qora tuynukning impuls momenti va akkretsiya oqimi orasidagi nomutanosiblik yuzaga keltirgan bo‘lishi mumkin.

Astronomlar qora tuynukning yanada ko‘proq suratlarini olish maqsadida ob’yektni kuzatishni davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda astrofiziklar ilk bor Parizod yulduzlar turkumidagi uzoq galaktika markazidagi ulkan massali qora tuynuk atrofining mukammal suratlarini olgan va u qanday qilib gaz va chang bulutini «yeb qo‘yganligi»ga guvoh bo‘lgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?