07:00 / 29.09.2020
2 360

Tottining ovozi italiyalik qizni komadan chiqardi (video)

Tottining ovozi italiyalik qizni komadan chiqardi (video)
Foto: «Repubblica»
Italiyaning «Roma» jamoasi sobiq sardori Franchesko Tottining ovozi 9 oydan beri komada yotgan italiyalik qizni hushiga keltirdi. Bu haqda «Repubblica» xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, «Latsio» jamoasining 20 yoshli futbolchisi Ilenia Matilli avtohalokatga uchragach komaga tushib qolgan. Matillining qarindoshlari u muxlis qiluvchi «Roma» madhiyasini qo‘yib eshittirishgan. Bundan xabar topgan Totti unga video orqali murojaat qildi:

«Ilenia, taslim bo‘lma, hammamiz sen bilan birgamiz», — degan futbolchi.

Natijada Matilli komada chiqa boshlagan. Uning birinchi istagi Totti bilan uchrashish bo‘lgan. 28 sentabr kuni futbolchi shifoxonaga yetib keldi.

«U tabassum qildi. Meni quchoqlab, yig‘lab yubordi. Shunday bo‘lishini bilganimda ertaroq kelgan bo‘lardim», — deydi sportchi.

Totti butun faoliyati davomida «Roma» sharafini himoya qilgan. Italiyalik futbolchi 619 ta uchrashuvda 250 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Rimliklar tarkibida hujumchi to‘qqiz marta Italiya vitse-chempioniga aylangan, A seriyada oltinni qo‘lga kiritgan. Italiya terma jamoasi safida Totti 2006 yilda Jahon chempioni bo‘lgan. U 2017 yilda futbolchilik faoliyatini tugatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tottining ovozi italiyalik qizni komadan chiqardi (video)