Foto: AP Photo / Azerbaijani Presidential Press Office
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ning Ozarboyjon armiyasi egallagan hududlarida mamlakat bayroqlari ko‘tarilganini aytdi. Bu haqda Haqqin.az xabar bermoqda.
«Qarshi hujum natijasida bosib olingan ayrim hududlar ozod qilindi. Ozod qilingan hududlarda Ozarboyjon bayrog‘i ko‘tarildi», — dedi Aliyev Pokiston elchisi bilan suhbatda.
Aliyevning ta’kidlashicha, «muvaffaqiyatli qarshi hujum operatsiyasi davom etmoqda».
«Biz o‘z yerimizda jang qilyapmiz. Tog‘li Qorabog‘ – Ozarboyjonning tarixiy qismi. Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjonning ajralmas qismi hisoblanadi va xalqaro hamjamiyat Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan oladi», — dedi u.
Tog‘li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar 27 sentabrda boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi