
Foto: «FR24 News English»
Fransiya janubi-sharqi va Italiyaning tutash hududlariga «Aleks» dovuli yopirildi, buning oqibatida kuchli suv toshqinlari yuzaga keldi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.
Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida Italiyada 1 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan, Fransiyada esa 8 kishi qidirilmoqda.
Fransiya meteoxizmati ayrim tumanlarda 24 soat ichida 450 mm. yog‘in yog‘ib o‘tganini xabar berdi, bu ushbu mavsum uchun to‘rt oylik me’yorga teng ko‘rsatkich. Italiyaning Pemont viloyatida, Shveysariyaga tutash hududda esa 24 soatda 630 mm. yog‘in yog‘ib, favqulodda holatni yuzaga keltirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Extreme rainfall in south east France is leading to extremely dangerous conditions right now.
— Scott From Scotland (@ScottDuncanWX) October 2, 2020
The bridge collapses with what looks like power surge/explosion.#stormalex #tempeteALEX #AlpesMaritimespic.twitter.com/dqStdhCnKB
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar