Foto: AP
Ozarboyjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Madagiz qishlog‘ini egalladi. U yerga Ozarboyjon bayrog‘i o‘rnatilgan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Ozarboyjon armiyasi Madagizni egalladi va u yerga Ozarboyjon bayrog‘ini o‘rnatdi. Madagiz bizniki. Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!», deb yozgan Aliyev tvitterdagi sahifasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Aliyev armanlar Madagiz deb ataydigan qishloq nomini Sugovushan deb o‘zgartirgan. Bu hududning tarixiy nomlanishi hisoblanadi. Hudud Ozarboyjon tomonidan egallangani haqida mustaqil manbalar xabar bermagan. Ozarboyjonda esa Madagiz qaytarilgani haqidagi xabar katta bayramdek qabul qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda ozarboyjonliklar bu xabarni nishonlayotgani tasvirlangan videolar tarqarldi.
Ma’lumot uchun, 27 sentabrdan buyon Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ikki mamlakat uzoq yillardan buyon Tog‘li Qorabog‘ni o‘ziniki deb hisoblab keladi. Tan olinmagan hudud bo‘lgan Qorabog‘ SSSR davrida Ozarboyjon tarkibida bo‘lgan. Ozarboyjon tomoni Qorabog‘ni Armaniston bosib olganini ta’kidlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi