07:00 / 04.10.2020
3 584

«Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!» – Aliyev Madagiz egallanganini ma’lum qildi

«Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!» – Aliyev Madagiz egallanganini ma’lum qildi
Foto: AP
Ozarboyjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Madagiz qishlog‘ini egalladi. U yerga Ozarboyjon bayrog‘i o‘rnatilgan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Ozarboyjon armiyasi Madagizni egalladi va u yerga Ozarboyjon bayrog‘ini o‘rnatdi. Madagiz bizniki. Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!», deb yozgan Aliyev tvitterdagi sahifasida.

Ma’lum bo‘lishicha, Aliyev armanlar Madagiz deb ataydigan qishloq nomini Sugovushan deb o‘zgartirgan. Bu hududning tarixiy nomlanishi hisoblanadi. Hudud Ozarboyjon tomonidan egallangani haqida mustaqil manbalar xabar bermagan. Ozarboyjonda esa Madagiz qaytarilgani haqidagi xabar katta bayramdek qabul qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda ozarboyjonliklar bu xabarni nishonlayotgani tasvirlangan videolar tarqarldi.

Ma’lumot uchun, 27 sentabrdan buyon Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ikki mamlakat uzoq yillardan buyon Tog‘li Qorabog‘ni o‘ziniki deb hisoblab keladi. Tan olinmagan hudud bo‘lgan Qorabog‘ SSSR davrida Ozarboyjon tarkibida bo‘lgan. Ozarboyjon tomoni Qorabog‘ni Armaniston bosib olganini ta’kidlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qorabog‘ bu – Ozarboyjon!» – Aliyev Madagiz egallanganini ma’lum qildi