
Foto: Vladimir Voronin / AP
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati yuqori lavozimdagi amaldorlarni mamlakatdan chiqarmaslik topshirig‘ini oldi. Bu haqda chegara xizmati vakiliga tayanib TASS xabar berdi.
"Shunday topshiriq berildi va tabiiyki, topshiriqni bajaramiz", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara xizmati bo‘linmalari 24 sentabrdan kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
"Bu hozirda bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq emas, parlament saylovlari bois 24 sentabrdan mana shunday tartibga o‘tganmiz", - deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar 5 oktabr kuni kechqurun Bishkekda Oq uyni va milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosini qamal qilishdi. Bishkek markazidagi asosiy maydonda militsiya bilan bir necha soat davom etgan to‘qnashuvlardan keyin namoyishchilarning qo‘li ustun keldi. 6 oktabr kuni saylov natijalari haqiqiy emas deb topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar