4 854
Do‘kon sotuvchisi notanish ayolga erining xiyonati haqida xabar berishning antiqa yo‘lini topdi
Foto: «Krasotka»
Zargarlik do‘konining sotuvchisi mijozining xotiniga eri uni aldayotganligini aytishning yo‘lini topdi. U bu haqda o‘zining TikTok akkauntidagi video orqali xabar qildi.
Zoi Rou videoni 2020 yil 3 oktabr kuni TikTok sahifasiga joylashtirdi. O‘sha kuni bir kishi ularning do‘koniga turmush qurganligining o‘n yillik yubileyiga rafiqasi uchun sovg‘a izlab kelgan. Shuningdek, u «o‘zining go‘zal xotini» uchun o‘yma zargarlik buyumini tanlagan.
Shundan so‘ng sotuvchi mijozga yana biror narsa sotib olishni taklif qilgan. Erkak rafiqasiga boshqa narsa olmasligini, lekin ma’shuqasi uchun taqinchoq xarid qilishini va to‘lovni boshqa karta bilan to‘lashini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, u yaqinda ma’shuqasi bilan munosabatlarining bir yilligini nishonlashini ham qo‘shimcha qilgan.
Rou mijozga ma’shuqasi uchun ham sovg‘a tanlashida yordam berdi. Shundan so‘ng mijoz sovg‘alarga maxsus belgi qo‘yib qadoqlashini, shundagina ularni adashtirib qo‘ymasligini aytdi. Sotuvchi mijozning xotiniga atalgan sovg‘aga «K» – uning ismi Kristina bo‘lganligi tufayli, ma’shuqasi uchun olingan sovg‘aga esa «L» deb yozishi kerak – sababi ma’shuqasining ismi Laura edi. Rou bevafo erkakka saboq berishga qaror qildi va sovg‘alarni atayin adashtirib, noto‘g‘ri harflar bilan belgiladi.
Video 7,2 million marotaba ko‘rilgan bo‘lib, 1,8 million layk to‘plagan. Kuzatuvchilar sotuvchining ishini ayollar birdamligining namoyishiga qiyosladi va qizning bu harakatini qahramonlik deb atadi. Ba’zi TikTok foydalanuvchilari Rouni birovning hayotiga aralashayotganlikda aybladi, lekin turmush qurgan ayollar bu kabi xiyonatni bilishni istashlarini yozdi va video muallifini maqtadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi