Foto: Svidok.info
Ukraina hukumati adaptiv karantinni yil oxirigacha uzaytiradi. «Korrespondent»ning xabar berishicha, bu haqda 13 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi majlisida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, karantin cheklovlari to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritiladi.
«Hukumat bugun adaptiv karantinni yil oxirigacha uzaytiradi. Bu ukrainaliklar uchun xavfsiz muhitni kafolatlash uchun zarur qadamdir», — degan Shmigal. Uning ta’kidlashicha, karantin koronavirus tarqalishining oldini olishning eng samarali mexanizmidir.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada umumiy karantin 12 martdan joriy qilingandi. 11 maydan boshlab ayrim choralar yumshatilgan va mahalliy hukumatga vaziyatga qarab karantinni kuchaytirish yoki kamaytirish huquqi berilgan. Ya’ni butun mamlakat bo‘ylab emas, faqat tegishli hududlardagina cheklovlar kuchaytirilgan. Keyinchalik karantinni noyabr oyigacha uzaytirishga qaror qilingan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ukrainada kunlik kasallanish ko‘rsatkichi kelgusi oylarda ikki baravar ko‘payishini va kuniga 7000 dan 9000 tagacha o‘sishini taxmin qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi