15:02 / 14.10.2020
2 507

Ukrainada karantin yil oxirigacha uzaytiriladi

Ukrainada karantin yil oxirigacha uzaytiriladi
Foto: Svidok.info
Ukraina hukumati adaptiv karantinni yil oxirigacha uzaytiradi. «Korrespondent»ning xabar berishicha, bu haqda 13 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi majlisida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, karantin cheklovlari to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritiladi.

«Hukumat bugun adaptiv karantinni yil oxirigacha uzaytiradi. Bu ukrainaliklar uchun xavfsiz muhitni kafolatlash uchun zarur qadamdir», — degan Shmigal. Uning ta’kidlashicha, karantin koronavirus tarqalishining oldini olishning eng samarali mexanizmidir.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada umumiy karantin 12 martdan joriy qilingandi. 11 maydan boshlab ayrim choralar yumshatilgan va mahalliy hukumatga vaziyatga qarab karantinni kuchaytirish yoki kamaytirish huquqi berilgan. Ya’ni butun mamlakat bo‘ylab emas, faqat tegishli hududlardagina cheklovlar kuchaytirilgan. Keyinchalik karantinni noyabr oyigacha uzaytirishga qaror qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ukrainada kunlik kasallanish ko‘rsatkichi kelgusi oylarda ikki baravar ko‘payishini va kuniga 7000 dan 9000 tagacha o‘sishini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada karantin yil oxirigacha uzaytiriladi