17:48 / 15.10.2020
2 297

Fransiyaning bir nechta shaharlarida koronavirus tufayli komendantlik soati joriy qilindi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda va COVID-19 bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatning boshqa shaharlarida komendantlik soatini joriy qilish haqida buyruq berdi, deb yozadi «RBK».

Poytaxt va Il-de-Frans poytaxt hududidan tashqari, komendantlik soati Grenobl, Tuluza, Lill, Lion va boshqa yirik shaharlarda kiritiladi. U 17 oktabrdan boshlab 21:00 dan 6:00 gacha amal qiladi. Uydan chiqish uchun to‘liq taqiq bo‘lmaydi, ammo ma’lum bir cheklovlar kiritiladi. Yetarlicha asosga ega bo‘lmagan holda ko‘chada yurish 135 yevro jarimaga sabab bo‘ladi. Jamoat transporti tungi vaqtda, saharda yoki kechqurun ishlaydigan odamlar yura olishi uchun ishlashda davom etadi. Alohida hududlar o‘rtasida qatnashga ham cheklovlar bo‘lmaydi. Hozircha maktab, do‘kon va ijtimoiy muassasalarni yopish rejalashtirilmayapti.

Komendantlik soati kamida to‘rt hafta davom etadi. Hukumat uning olti hafta, dekabr boshigacha davom etishini qat’iy so‘ramoqda, ammo buning uchun parlament tasdig‘i kerak.

Fransiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda o‘ninchi o‘rinda bormoqda — mamlakatda 840 mingta COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlangan, 33 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Avvalroq Angela Merkel Germaniyaning imkoniyatlari cheksiz emasligi, va uning iqtisodiyoti koronavirus tarqalishi oqibatida bahorda hukumat tomonidan joriy qilishga majbur bo‘lingan cheklovlarni takrorlashga tayyor emasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya hukumati 5 oktabr kuni Parijda va unga tutash hududlarda koronavirus bo‘yicha maksimal xavfni e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyaning bir nechta shaharlarida koronavirus tufayli komendantlik soati joriy qilindi