22:18 / 21.10.2020
2 561

Buvi qadahdagi sharob to‘kilib ketmasligi uchun nabirasini bexosdan yiqitib yubordi (video)

Buvi qadahdagi sharob to‘kilib ketmasligi uchun nabirasini bexosdan yiqitib yubordi (video)
Foto: «Korrespondent.net»
Twitter foydalanuvchisi @CulturedRuffian o‘z sahifasiga qiziqarli video joylashtirdi. Unga ko‘ra, buvi qadahdagi sharob to‘kilmasligi uchun qilgan harakati tufayli nabirasining yiqilishiga sabab bo‘ladi. Video o‘sha zahoti internet olamida mashhurlikka erishdi.

Kadrda buvi nabirasi bilan birgalikda stol oldida o‘tirgani aks etgan. Buvi bir qo‘li bilan nabirasini ushlab o‘tirganida bolakayning qo‘li qadahdagi sharob tomon cho‘zildi. U qadahni olishga muvaffaq bo‘ldi, lekin uni uzoq tutib turolmadi va qadahning tushib ketish ehtimoli ko‘paydi. Shu paytda chaqqon buvi nabirasini qo‘yib yuborganini ham sezmay, butun imkoniyatini ishga solgan holda qadahni ushlab qoldi. Ammo… Buvisining qarovisiz qolgan bolakay yerga qulashga majbur bo‘ldi.

Twitter foydalanuvchilariga ushbu video juda yoqdi. U 8,3 milliondan ko‘proq marta ko‘rilgan. Shuningdek, 112 mingdan ortiq layk to‘plab, 41 ming marta foydalanuvchilar orasida o‘zaro tarqatilgan.

Bundan tashqari, ayolga hazil tariqasida «Yil buvisi» deb nom berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)