Dunyoni hayratga solgan aeroport: Singapur mo‘jizasi

Dunyoni hayratga solgan aeroport: Singapur mo‘jizasi

Bu aeroport dunyodagi eng chiroyli va zamonaviy havo bandargohlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Gap — Changi Airport haqida bormoqda. U eng rivojlangan va boy davlatlardan biri sanalgan Singapur hududida joylashgan.

Bugungi kunga qadar ushbu aeroport 500 dan ortiq nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lib, bir necha bor dunyoning eng yaxshi aeroporti deya tan olingan.

Uni bunyod etish uchun 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ sarflangan. Umumiy maydoni qariyb 1300 gektarni tashkil etadi. Aeroport binosi 10 qavatdan iborat bo‘lib, ularning 5 tasi yer ostida joylashgan.

Changi aeroportidagi ulkan shisha gumbaz ostida joylashgan yopiq sharshara va tropik bog‘.

Terminallardan birida dunyodagi eng baland sun’iy sharsharaga ega tropik bog‘ barpo etilgan. Singapurda tez-tez kuzatiladigan momaqaldiroqli yomg‘irlar hisobga olinib, ushbu sharshara yomg‘ir suvini yig‘ish hamda ulkan gumbaz ostidagi havoni tabiiy usulda sovutish maqsadida maxsus loyihalashtirilgan.

Changi aeroportidagi ulkan sharshara atrofida odamlar tushlik qilishmoqda.

Sharshara atrofida 200 dan ortiq o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan tropik bog‘lar joylashgan. Terminallar o‘rtasida esa uchinchi qavat darajasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Odamlar yashil bog‘ ichidagi ulkan sharshara atrofida sayr qilishmoqda.

Bundan tashqari, aeroport hududida 10 ta turli mavzudagi bog‘ mavjud bo‘lib, ular orasida kaktuslar, orxideyalar, kungaboqarlar bog‘i, kapalaklar galereyasi hamda sehrli bog‘ alohida e’tiborni tortadi.

Changi aeroportidagi Jewel binosi va nazorat minorasi quyosh botishida.Gullarga boy bog‘li aeroport binosi ichida odamlar hordiq chiqarishmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar