Foto: RIA Novosti
Xalqaro koinot stansiyasidan ajralgan “Soyuz MS-16” kemasi ikki rossiyalik va bir amerikalik fazogir bilan Yerga qaytdi. Kema Qozog‘istonda qo‘ndi.
Kema stansiyadan Toshkent vaqti bilan soat 4.32da ajralgan. Uning bortida rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda amerikalik Kris Kessidi Yerga qaytdi. Fazogirlar XKSda 9 apreldan beri faoliyat olib borayotgandi.
Hozirda stansiyada 64-ekspeditsiya a’zolari - rossiyalik Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik Ketlin Rubins qolmoqda. Ular Yerga 2021 yil 9 aprelida qaytadilar.
Kessidi yerga qaytishdan oldin stansiyada sardorlikni Rijikovga topshirgan.
Yerga qaytgan fazogirlarning evakuatsiyasi pandemiya sharoitida qisqartirilgan ssenariy bo‘yicha o‘tkazilgan. Ekipajga virus yuqtirmaslik uchun qo‘nish maydonchasidagi shaxsiy tarkib soni qisqartirilgan.
14 oktabrda “Soyuz MS-17” kemasi XKSga birinchi marta o‘ta qisqa trayektoriya bo‘yicha uchib, unga bor-yo‘g‘i 3 soat 3 daqiqada yetib olgan va rekord o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”