14:37 / 28.10.2020
1 567

Britaniyalik mutaxassis ilk vaksinalar hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi mumkinligini aytdi

Britaniyalik mutaxassis ilk vaksinalar hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi mumkinligini aytdi
Foto: novostipmr.com
Koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi avlodi hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi va qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni Britaniya hukumatining vaksinalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Keyt Bingem bildirdi.

Vaksinalarning birinchi avlodi mukammal bo‘lmasligi mumkin va biz vaksinalar zararlanish oldini ololmasligi, ular faqatgina simptomlarni kamaytirishi mumkinligiga tayyor turishimiz lozim. Bu holatda ham ular hamma uchun ham samarali yoki uzoq vaqt ta’sirga ega bo‘lmasligi mumkin”, deb yozgan Bingem The Lancet tibbiy nashridagi maqolasida.

Mutaxassis vaksina ishlab chiqilishi borasida ortiqcha umidlarga berilmaslikka chaqirgan va vaksina umuman bo‘lmasligi mumkinligini ham aytgan.

O‘z navbatida, Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok hukumat mamlakatda koronavirusga qarshi emlash vaksinalar o‘z samaradorligini isbotlagandan keyin 2021 yil birinchi yarmida boshlanishi mumkinligini taxmin qilayotganini aytgan.

Ayni vaqtda Britaniya klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan 6 ta nomzod vaksinadan o‘nlab million dozaga dastlabki shartnomalar tuzgan. Qirollikda Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqayotgan vaksinaga katta umid bog‘lanmoqda. Ushbu vaksina sinovlarining yakuniy bosqichi Britaniya, Braziliya, Hindiston, JAR, Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Kompaniyada vaksinaning samaradorligi haqida ma’lumotlarni 2020 yil oxirigacha olish kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik mutaxassis ilk vaksinalar hamma uchun ham samarali bo‘lmasligi mumkinligini aytdi