3 032
Olimlar butun dunyoda insonlarning o‘rtacha tana harorati tushib ketayotganini ma’lum qildi
Foto: News-Forpeople
Kaliforniya universiteti olimlari inson tanasining harorati butun dunyodagi populyatsiya davomida pasaymoqda. Bu nima sababdan sodir bo‘layotganiga mutaxassislar javob berishga qiynalgan, deb yozadi Sciences Advances.
Karl Vunderlix ismli nemis shifokori taxminan 200 yil oldin inson tanasining normal harorati 37 daraja Selsiy ekanligini aniqlagan. Biroq ikki asrdan so‘ng ushbu ko‘rsatkich o‘zgardi.
Buyuk Britaniyada uch yil oldin sog‘lom odamning tana harorati o‘rtacha 36,6 daraja Selsiy etib qabul qilingan, 2019 yilda esa Kaliforniyaning Palo-Alto shahrida — 36,4 darajada bo‘lgan.
Ekspertlar Boliviyadagi simane xalqi ustida kuzatuvlar olib borgan. Harorat o‘zgarishi grafigi tananing o‘rtacha harorati har yili taxminan 0,05 daraja Selsiyga pasayayotganini ko‘rsatgan va hozirda u 36,6 darajani tashkil etmoqda. Ammo olimlarni boshqa mamlakatlarda salkam 200 yil davom etgan o‘zgarish bu yerda 20 yil ichida amalga oshganidan xavotirga solgan.
Olimlarda inson tanasining harorati tibbiyotning rivojlanishi va infeksiyalar sonining kamayishi bilan tushayotgani borasidagi gipoteza mavjud — odamlar tana haroratining oshishiga olib keladigan surunkali kasalliklarga kamroq chalinmoqda.
Ammo 5481 kishi ustida o‘tkazilgan yangi tadqiqotlar harorat mutlaqo sog‘lom odamlarda ham tushib borayotganini ko‘rsatgan.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar hozircha tana haroratining pasayishi nimadan yuzaga kelayotgani bo‘yicha aynan bir yoki universal sababni aniqlamagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi