Foto: Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi
Yevrokomissiya vakili Erik Mamerning ta’kidlashicha, bu holat Rossiya va Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalarning Yevropa bozoriga umuman qo‘yilmasligini anglatmaydi, biroq buning uchun ular sinchkov sertifikatlashdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
“Biz vaksina yetkazilishi haqidagi kelishuvlarni vaksinani Yevropa ittifoqi hududida ishlab chiqaruvchi davlatlargina bilan imzolamoqdamiz va Rossiya hamda Xitoy bilan bu borada hattoki muzokaralar olib bormayapmiz. Bu boshqa vaksinalar bizning bozorga qo‘yilmasligini anglatmaydi, biroq buning uchun ular sinchkov sertifikatlashdan o‘tishi kerak. Ular hech qachon Yevropa ittifoqi emlash strategiyasining bir qismi bo‘lmaydi”, deb aytgan Mamer.
Avvalroq Yevropa ittifoqiga vaksina yetkazilishi bo‘yicha AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson kabi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzilgan.
Bu shartnomalar bo‘yicha Yevropa ittifoqiga umumiy hisobda 1,2 mlrd doza vaksina yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Eng yirik shartnoma AstraZeneca bilan tuzilgan bo‘lib, 400 mln doza vaksina yetkazilishini o‘z ichiga oluvchi ushbu shartnoma 27 avgustda kuchga kirgan va Yevrokomissiya u bo‘yicha 336 mln yevro to‘lab bergan.
Shunga qaramay, Yevropa ittifoqida vaksina taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda, chunki vaksinalardan ba’zilari samarasiz bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin
Ukraina Oliy radasi ikki vazirni ishdan bo‘shatdi
Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi