18:10 / 09.11.2020
2 664

Bayden prezidentlik lavozimida duch keladigan eng katta muammo ma’lum qilindi

Bayden prezidentlik lavozimida duch keladigan eng katta muammo ma’lum qilindi
Foto: Andrew Harnik/ AP
Jozef Bayden 2021 yil yanvarida AQSH prezidentligiga kirishganidan so‘ng mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli paydo bo‘ladigan inqirozga duch keladi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.

Nashrning yozishicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar AQSHda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishidan ogohlantirishmoqda.

Jozef Bayden hamda butun mamlakat yaqin haftalar va oylar ichida ulkan xatarga duch keladi. Bizda yaqinda bayramlar boshlanadi, odamlar to‘planishadi. Virus mamlakatning aksariyat qismida nazoratdan chiqib ketdi va bu uning yanada keng tarqalishi uchun ideal ssenariy”, – dedi AQSH kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining sobiq rahbari Tom Friden.

Bayden saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “virus tarqalishini nazorat ostiga olish”ga va’da bergandi. U shuningdek, mamlakatda niqob taqish rejimini joriy etish niyatida ekanligini aytgan.

77 yoshli Jozef Bayden 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alabaga erishdi. Bayden bungacha 1987 va 2008 yillardagi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden prezidentlik lavozimida duch keladigan eng katta muammo ma’lum qilindi