08:45 / 12.11.2020
2 649

Tramp Alyaskada g‘alaba qozondi

Tramp Alyaskada g‘alaba qozondi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Trampning Alyaska shtatidagi saylovlarda g‘alabasi ta’minlandi. Bu esa Trampga saylovchilar hay’ati vakillarining yana 3ta ovozini beradi.

NBC va CNN telekanallarining ma’lum qilishicha, Tramp shtatdagi saylov byulletenlarining 75 foizi qayta ishlangandan keyin 57 foiz, uning raqibi Jo Bayden esa 39,1 foiz ovoz oldi.

Shu tariqa Trampning hisobida endilikda saylovchilar hay’ati vakillarining 217ta ovozi bor. Bayden hisobida esa 279ta (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 259ta) ovoz bor.

Bir qator shtatlarda ovozlar hisoblanishi davom etmoqda.

Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmayapti. Uning ta’kidlashicha, saylovlar vaqtida ovozlar soxtalashtirilishi va firibgarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Amaldagi prezident bu holatlar bo‘yicha sudlashmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Alyaskada g‘alaba qozondi