09:00 / 14.11.2020
3 248

Xitoy hukumati Jek Maga qarshi urush e’lon qildi

Xitoy hukumati Jek Maga qarshi urush e’lon qildi
Foto: Imago Images
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin mamlakat fond bozorida Ant Group (Alibaba’ning sho‘ba korxonasi) moliyaviy-texnologik kompaniyasi aksiyalarini sotishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qilgan.

Si Szinpinga Jek Maning 24 oktabrda Shanxayda qilgan nutqi va unda raisning so‘zlaridan iqtibos keltirib, mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sohasini tanqid qilgani yoqmagan.

«Muvaffaqiyat yolg‘iz bir kishining irodasi bilan amalga oshmasligi kerak», — degan Jek Ma. Tadbirkor innovatsiyalar orqali Xitoyning moliyaviy muammolarini hal etishda yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida Si Szinpin Maning ushbu so‘zlari ortida shaxsiy manfaatni ko‘zlash, Xitoy nazorat organlarining faoliyati va choralarini shubha ostiga olishni ko‘rmoqda.

«Si Szinpin uchun kimningdir dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga kirganining qizig‘i yo‘q. Uni siz boy bo‘lganingizdan keyin qilayotgan ishlaringiz va ularning davlat manfaatlariga mutanosib yoki aksincha nomutanosib ekanligi qiziqtiradi», — deydi Xitoydagi yuqori lavozimdagi amaldorlardan biri.

Nashrning qayd etishicha, Ma va Xitoy hukumati o‘rtasidagi munosabatlar bir necha yildan beri barqaror emas: hukumatni tadbirkorning ta’sir doirasi kengayayotgani va u boshqarayotgan kompaniyaning o‘sishga erishayotgani tashvishga soladi.

Ant Group’ning birjaga chiqishi tarixdagi eng katta IPO’ga aylanishi va 2019 yil oxirida Saudi Aramco tomonidan o‘rnatilgan 29,4 milliard dollarlik narxni yangilashi mumkin edi. Ammo 3 noyabrda Shanxay fond birjasi kompaniya aksiyalarining joylashtirilishini to‘xtatgan. Ertasi kuni Xitoy qimmatli qog‘ozlar nazorati qo‘mitasi moliyaviy-texnik nazorat shartlari o‘zgarganini inobatga olib listingning to‘xtatilganini tasdiqlagan. Qo‘mita aksiyalarning shoshmashosharlik bilan kiritilishi biznesning davlat nazorati tizimi normalari asosida yuritilishi prinsiplariga zid keladi.

Eslatib o‘tamiz, Alibaba asoschisi Xitoydagi eng boy kishi emas. May oyida Tencent onlayn-o‘yinlari distyurbyutori egasi Jek Mani dunyo milliarderlari ro‘yxatida ortda qoldirgan.

Shuningdek, 2020 yilda Alibaba bo‘ydoqlar kunida rekord – 75 milliard dollar daromad qilgan va o‘tgan yilgi natijani (38 milliard) sotuvlar boshlanishining dastlabki yarim soatida yangilagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati Jek Maga qarshi urush e’lon qildi