
Foto: «Gazeta.ru»
SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Mask, unda COVID-19’ning «me’yoriy holati»i kechayotganini va koronavirusning o‘zi esa shamollashning bir turi deb ekanini aytdi. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozgan.
«Mendagi simptomlar — yengil shamollash alomatlaridir, buning ajablanarli tomoni yo‘q, chunki koronavirus shamollashning bir turi», — degan Mask.
Koronavirusni aniqlash uchun topshirgan testlarini sharhlar ekan, u «Har xil laboratoriyalardan mutlaqo turlicha natijalar» olayotganini ta’kidlagan.
Avvalroq Mask bir kunning o‘zida koronavirusni aniqlash uchun topshirgan testi natijasining ikkitasi ijobiy, ikkitasi salbiy chiqqanini ma’lum qilgandi. Bunda u BD kompaniyasining bir xil ekspress-testidan foydalangan va barcha tahlillarni bitta hamshira olgan. Bu safar u boshqa laboratoriyada PZR-testini topshirib ko‘rishga qaror qilganini qo‘shimcha qilgan. Uning natijasi 24 soatdan so‘ng ma’lum bo‘lishi lozim edi.
O‘shanda ham Ilon Mask unda oddiy shamollash simptomlari kuzatilayotganini aytgan.
AQSH oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi (FDA)ning BD kompaniyasi ekspress-testlari (Ilon Mask aynan shunday testdan foydalangan) haqidagi ma’lumotiga ko‘ra, antigen testlarning sezgirlik darajasi koronavirusni aniqlashga mo‘ljallangan molekular testlarnikiga nisbatan pastroq.
«Bu test salbiy natija berishi, ya’ni, COVID-19’ni yuqtirib olgan ayrim odamlarga noto‘g‘ri (soxta salbiy) natija chiqarib berishi mumkin», — deyiladi FDA axborotida. Boshqarma axborotida ta’kidlanishicha, agar antigenga topshirilgan test salbiy natija bersa, uni PZR uslubiga asoslangan test orqali tekshirish lozim.
Jahonda koronavirus epidemiyasi boshlangan vaqtda Ilon Mask COVID-19 atrofida yuzaga kelgan vahimani ahmoqlik deb atagan (shu bayonotidan bir hafta o‘tib u 5,5 milliard dollar yo‘qotgan edi), shuningdek, kasallik tarqalishi munosabati bilan Kaliforniyada karantin joriy etilishiga qarshi chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar