22:36 / 24.11.2020
4 313

Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)

Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)
Shou-biznes vakillarining hammasi ham turmush o‘rtoq borasida hamkasblarini tanlayvermaydi. Ularning orasida kasbidan ko‘ra qanday inson ekani va qarashlari mos kelishi muhim bo‘lgan mashhurlar ham yo‘q emas.

Mett Deymon va Luchiana Barroza

Foto: Getty Images
Gollivud yulduzi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 2003 yilda, u ofitsiant bo‘lib ishlaydigan barda tanishgan. U bir ko‘rishda Luchianani yoqtirib qolgan va oradan ikki yil o‘tib juftlik turmush qurgan. Rafiqasining birinchi turmushidan qiz farzandi bo‘lgan va Mett unga otalik qilishga rozi bo‘lgan. Hozirda ularning uch nafar farzandi bor.

Nikolas Keyj va Elis Kim

Foto: Getty Images
Yulduzlar olami vakillari bilan qurgan avvalgi ikki turmushi ham o‘xshamaganidan keyin Elis rafiqa sifatida oddiy qizni tanlashga qaror qilgan. U Elis bilan 2004 yilda Los-Anjelesdagi restoranlardan birida tanishgan va bir necha oy o‘tib uning qo‘lini so‘ragan. Ular 12 yil birga yashagan, keyin esa ajrashgan.

Devid Shvimmer va Zoui Bakman

Foto: Getty Images
«Do‘stlar» seriali yulduzi Devid ofitsiant Zoi Bakmanni Londonda uchratgan. Bu vaqtda aktyor suratga tushish uchun Britaniyaga kelgan edi. Qizni yoqtirib qolganidan unga o‘zi bilan AQSHga ketishni taklif qilgan. Qiz rozi bo‘lgan va ko‘p o‘tmay juftlik turmush qurgan. Qiz farzandli bo‘lgan Shvimmerlar oilasi 7 yildan uzoq birga yashamagan. 2017 yilda ularning ajrashishi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan.

Kris Not va Tara Uilson

Foto: Getty Images
2004 yilda Kris o‘ziga qarashli barda ishlaydigan Tara bilan tanishgan. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik bir necha yildan keyin o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Juftlik Tara 30 yoshni qarshilaganida – 2012 yil turmush qurishga qaror qilgan. Shundan keyin bir vaqtlar ofitsiant bo‘lib ishlagan Uilson restoran biznesi rahbariga aylangan.

Norvegiya shahzodasi Xokon va Mette-Marit Xeybi

Foto: Getty Images
Norvegiya shahzodasining ofitsiant qiz bilan unashtirilgani haqida ma’lumot e’lon qilingani turli shov-shuv va bahslarga sabab bo‘lgan. Gap-so‘zlar qizning faqatgina kelib chiqishi emas, uning o‘tmishi va farzandli ekani bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Ammo hech narsa Xokonni fikridan qaytarolmagan va juftlik turmush qurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)