Foto: «News.yandex.com»
Janubiy Chexiyada ov paytida g‘alati hodisa yuz berdi. Kiyik ovchilardan birining qurolini «tortib olib», o‘rmonga yashiringan. Na o‘rmonchilar, na politsiyachilar «qurollangan» hayvonni topisholmayapti, deya xabar berdi «RIA Novosti».
«Aftidan, ov paytida itlar kiyikni qo‘rqitib yuborgan ko‘rinadi. Vahimaga tushib qolgan jonivor butalar orasidan to‘g‘ri ovchilardan biriga tomon otilib chiqqan. Yonidan yugurib o‘tayotganda kiyikning shoxlari ovchining kurtkasiga bexosdan ilinib qolgan. Hayvon jon holatda uni yirtgan. Ovchining yelkasidagi qurol jonivorning shoxlariga ilakishib qolgan. Shundan so‘ng kiyik o‘rmon chakalakzorlariga singib ketgan», — deya so‘zlab berdi politsiya boshqarmasi xodimi Milan Baysura.
«Hayriyat, qurol o‘qlanmagandi. Shunga qaramay, begonalarning qo‘liga tushib qolmasligi uchun politsiya, o‘rmonchi va ovchilar qidiruvni davom ettiradigan bo‘lishdi. Gap 22 kalibrli ov miltig‘i haqida bormoqda. Hozircha «qurollangan» kiyik Janubiy Chexiya o‘rmonlarida yashirinib yuribdi», — deydi Baysura. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?