11:51 / 01.12.2020
2 549

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 noyabr kuni koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

1 dekabr kunidan kuchga kiradigan yangi choralar qatoriga ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati kiradi.

Shuningdek, dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

Yangi chora-tadbirlarga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta kishilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi. Restoranlarga faqat yetkazib berish uchun ishlashga ruxsat beriladi. Savdo markazlariga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak bo‘ladi.

Bungacha Turkiyada faqat dam olish kunlarii komendantlik soati mavjud edi. Ammo mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasi, ko‘rilgan choralarga qaramay, o‘sishda davom etdi.

Turkiyada COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 600 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan. 13,5 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi