20:00 / 02.12.2020
5 648

Munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan turk kinosi yulduzlari (foto)

Munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan turk kinosi yulduzlari (foto)
Kino olami vakillari uchun hammasi suratga olish maydonchasida boshlanishi yoki yakun topishi mumkin. Kun-u tun suratga olish bahonasida birga vaqt o‘tkazadigan ijodkorlar bilmagan holda hamkasbiga ko‘ngil qo‘yadi. Lekin hammaning ham sevgisi to‘ygacha yetib boravermaydi va bunga kimlarningdir ijodni tuyg‘ulardan ustun bilishi sabab bo‘lsa, boshqalarning fe’l-atvori yoki xiyonati hammasiga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Faxriye Evjen va O‘zjan Deniz

Foto: Milliyet
2012 yilda suratga olingan «Mening uyim sensan» filmida suratga tushgan juftlik o‘rtasida sevgi uchquni paydo bo‘lgan. Shundan keyin munosabatda bo‘lgan mashhurlar hayoti OAV uchun mavzuga aylangan. Aktyor Faxriyaning go‘zalligiga oshiq bo‘lgan ammo uning og‘ir fe’l-atvori ularning oxirigacha birga bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan. Aktrisa O‘zjanning do‘stlari va oila a’zolari yonida janjallashishdan tap tortmagan, ammo Deniz hammasiga ko‘z yumgan. Shunga qaramay, yulduzlar ayrilganini ma’lum qilgan. Mish-mishlarga qaraganda aktyor sevgilisiga xiyonat qilgan va shu sabab ular o‘rtasidagi munosabatlarga nuqta qo‘yilgan.

Demet O‘zdemir va Yusuf Chim

Foto: Turk Cinema
2015 yilda «Qulupnay ifori» serialida suratga tushish vaqtida ular o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan. Demet va Yusuf munosabatlarini yashirmagan va ko‘p vaqtini birga o‘tkazgan, keyinroq birga yashashni boshlagan, hatto. Muxlislar ular o‘rtasidagi aloqalar bora-bora to‘y bilan yanada mustahkamlanishini istagan, biroq ularning har ikkisi boshqa-boshqa yo‘ldan ketishni afzal bilgan. Shunga qaramay, haligacha do‘stona munosabatda va bir-birini doim qo‘llab-quvvatlaydi.

Chagatay Ulusoy va Serenay Sarikaya

Foto: Turk Cinema
O‘smirlar haqida hikoya qiluvchi «Medchezir» serialida suratga tushgan aktyor va aktrisaning syujetdagi sevgisi hayotga ham ko‘chgan. Ammo tez alanga olgan sevgi tezda so‘ngan va to‘ygacha yetib bormagan. Ularning har ikkisi ham sevgisini saqlab qolishga yetarlicha vaqt topa olmagan. Shunga qaramasdan, ular bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlab keladi va Instagram sahifasini kuzatib boradi.

Gurbey Ileri va Ezgi Eyyuboglu

Foto: Milliyet
Gurbey va Ezgi «Qalbim seni tanladi» serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. Ko‘p o‘tmay esa ularning munosabatini OAV ma’lum qilgan. Bir-biriga bog‘lanib qolgan juftlik «Muhtasham yuz yil» serialida ham birga suratga tushgan. Bir-biri uchun yaralgandek tuyilgan juftlik barcha tadbir va marosimlarga birgalikda tashrif buyurgan. Ammo keyinchalik karerani birinchi o‘ringa qo‘ygan mashhurlar ayrilishga qaror qilgan.

Engin O‘zturk va Idil Firat

Foto: Turk Cinema
«Muhtasham yuz yil» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan moviy ko‘zli aktyorning ayni vaqtda yuragi bo‘sh. Ammo avvalroq U Idil bilan oshiq-ma’shuq bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar seriallarni esga solgan. Tez-tez urushib qoladigan juftlik shuncha tez yarashib olgan. Deyarli 2 yil uchrashib yurgan Engin va Idilning muxlislari ularni rasmiy birga bo‘lishini juda ham istagan. Ammo Idil aktyorning aktrisa Jansu Dere bilan yozishmalarini topib olgan va uni xiyonatda ayblay boshlagan va shu bahona hammasiga nuqta qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan turk kinosi yulduzlari (foto)