Foto: EPA
Shvetsiyada aholiga berilgan karantin tavsiyalarining natijasizligi sababli qat’iy karantin joriy etishga qaror qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
COVID-19 bilan kasallanganlar sonining sezilarli oshishi hamda kasalxonaga yotqizilayotgan bemorlar va o‘limlar sonining ortishi sababli mamlakat hukumati shunday qarorga kelgan.
Shvetsiyada odamlarning sakkiz kishidan ortiq to‘planishi taqiqlandi. Bu esa kinoteatrlar va ko‘ngilochar muassasalarning yopilishiga olib keldi. Shuningdek, hukumat spirtli ichimliklar savdosini ham chekladi — soat 22:00 dan keyin spirtli ichimliklar savdosi taqiqlanadi. Bundan tashqari, mamlakatda maktablarni ham yopishga qaror qilingan.
Shvetsiyada COVID-19 oqibatida yuzaga kelgan o‘limlar soni uning yaqin qo‘shnilariga qaraganda ancha yuqori, kasallik oqibatida 7000 dan ortiq odam vafot etgan. Daniyada shu paytgacha qayd etilgan COVID-19 qurbonlari soni 900 kishidan oshmaydi, Norvegiyada ularning soni 400 kishidan kam, Finlyandiyada esa 450 kishidan kam.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya kasallikning birinchi to‘lqini vaqtida dunyoda koronavirusga qarshi kurash uchun karantin joriy qilmagan kam sonli davlatlardan biri bo‘lgandi. Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan olgandi va buni xato deb atagandi. U mamlakat o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va keskinroq karantin choralarini ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda