Foto: EPA
Shvetsiyada aholiga berilgan karantin tavsiyalarining natijasizligi sababli qat’iy karantin joriy etishga qaror qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
COVID-19 bilan kasallanganlar sonining sezilarli oshishi hamda kasalxonaga yotqizilayotgan bemorlar va o‘limlar sonining ortishi sababli mamlakat hukumati shunday qarorga kelgan.
Shvetsiyada odamlarning sakkiz kishidan ortiq to‘planishi taqiqlandi. Bu esa kinoteatrlar va ko‘ngilochar muassasalarning yopilishiga olib keldi. Shuningdek, hukumat spirtli ichimliklar savdosini ham chekladi — soat 22:00 dan keyin spirtli ichimliklar savdosi taqiqlanadi. Bundan tashqari, mamlakatda maktablarni ham yopishga qaror qilingan.
Shvetsiyada COVID-19 oqibatida yuzaga kelgan o‘limlar soni uning yaqin qo‘shnilariga qaraganda ancha yuqori, kasallik oqibatida 7000 dan ortiq odam vafot etgan. Daniyada shu paytgacha qayd etilgan COVID-19 qurbonlari soni 900 kishidan oshmaydi, Norvegiyada ularning soni 400 kishidan kam, Finlyandiyada esa 450 kishidan kam.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya kasallikning birinchi to‘lqini vaqtida dunyoda koronavirusga qarshi kurash uchun karantin joriy qilmagan kam sonli davlatlardan biri bo‘lgandi. Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan olgandi va buni xato deb atagandi. U mamlakat o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va keskinroq karantin choralarini ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida

Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?