Foto: Getty Images
Rossiyaning Rostov viloyatida ob-havoning isishi tufayli hayvonot dunyosi tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan. Gap shundaki, bu yerda ilonlar hamda zaharli o‘rgimchaklar soni keskin ko‘paygan.
Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi matbuot xizmatiga asoslanib «Argumenti i fakti Rostov» nashrining ma’lum qilishicha, hududda ilgari faqat Qalmog‘iston bilan chegara hududida va Taganrog ko‘rfazining qirg‘og‘ida yashaydigan qoraqurt o‘rgimchaklari ko‘paygan.
Ta’kidlanishicha, ular isish tufayli ushbu hududga qo‘nim topa boshlangan. Bundan tashqari, bunday o‘rgimchaklarni yana ko‘plab hasharotlarni topish mumkin bo‘lgan axlatxonalar va axlat uyumlari o‘ziga jalb qiladi.
Qoraqurt tasodifan odamni chaqib olishi mumkin. Zahari bosh miyadagi nafas olish markazini falaj qilgan holda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Qayd etilishicha, mintaqada isish tufayli ilonlar ham faollashgan — ular tobora turar-joy binolariga kirib borishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”