Qirg‘iz Respublikasi, O‘sh shahrida sudda qatnashganidan keyin derazani sindirib qochgan viloyat prokuraturasining katta prokurori Soyuzbek Sarikov xizmatdan olingan. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot xizmati ma’lum qilgan.
«Tegishli buyruqqa Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan qo‘l qo‘yildi. O‘sh viloyat prokuraturasi rahbariyati ustidan esa yuqoridagi vaziyat bo‘yicha xizmat tergovi davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Sarikov «mast ahvolda sudga qatnashgandan keyin derazani sindirib qochib ketdi» deyilgan video tarqalgan. Videodagi ayol Sarikovga murojaat qilib «sen mast ahvolda o‘g‘limning taqdirini hal qildingmi?» deb norozilik bildirgan.
U ayolning savolini javobsiz qoldirib, shahar sudining binosidagi xonalarning biriga qochib kirgan. Keyinchalik Sarikov kabinetning derazasidan qochib chiqib ketgan. Voqeadan keyin viloyat prokuraturasi xizmat tekshiruvini boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi