Foto: «Potokmedia.ru»
Koronavirus yangi mutatsiyalarining paydo bo‘lishi bir qator xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi eksperti, Bundestag deputati, epidemiolog Karl Lauterbax 20 dekabr kuni ma’lum qildi, deya xabar berdi RND portali.
Lauterbaxning ta’kidlashicha, birinchidan, yangi infeksiya yuqish xavfini yanada oshirishi, ikkinchidan, virusning yangi, yana-da xavfli turlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
«Bu o‘ziga xos og‘ir vaziyat: infeksiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, mutatsiya uchun imkoniyatlar shuncha ko‘p bo‘ladi va shuning natijasida mutatsiyalar ko‘payadi. Bu, o‘z navbatida, infeksiyalar sonining ko‘payishiga olib keladi. Bu tinimsiz davom etaveradi», — deya tushuntirdi mutaxassis.
14 dekabr kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi topilganligini, u asl nusxasidan ko‘ra tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi. Virus odamdan odamga oson tarqaladi. Shu boisdan ham yuqumliroq.
Keyinchalik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xuddi shunday shtamm Gollandiya, Daniya va Avstraliyada topilganligini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)