
Foto: Reuters
Saylangan AQSH prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyuark shahar kasalxonasida koronavirusga qarshi emlandi, deb yozadi Meduza. Emlash jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi. Vaksinatsiyada Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanildi.
President-elect Joe Biden receives the Covid-19 vaccine.
— Josh Campbell (@joshscampbell) December 21, 2020
"We owe you big," he tells America's frontline health care workers. pic.twitter.com/coCIWPvGZO
Bo‘lg‘usi birinchi xonim Jill Bayden ham 21 dekabr kuni emlandi. Bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dag Emxoff kelasi hafta vaksina oladi.
Amaldagi prezident Donald Tramp hozircha koronavirusga qarshi vaksina olgani yo‘q. Tramp ma’muriyati ma’lum qilishicha, Oq uy tibbiy xodimlari tomonidan ma’qullanganidan keyingina u emlanadi.
AQSHda koronavirusga qarshi emlash 14 dekabr kuni — Pfizer va BioNTech vaksinasi ma’qullanganidan keyin ikki kun o‘tib boshlandi. 18 dekabr kuni esa Amerika hukumati Moderna kompaniyasining vaksinasini ham ma’qulladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar