Foto: «Los Andes»
Buenos-Ayresda argentinalik birinchi «Jahon go‘zali», hozirda 81 yoshni qoralagan Norma Kappali avtobus urib ketishi oqibatlaridan halok bo‘ldi. Bu haqda «La Nacion» gazetasi xabar berdi.
«Norma Kappali avtobus g‘ildiraklari ostida qolganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan, ammo vrachlar hayotini saqlab qolisha olmagan», — deyiladi xabarda.
Bir hafta komada yotgan Kappali qaytib ko‘zini ochmagan. Avtobusni boshqargan 28 yoshli haydovchi hodisa joyida qo‘lga olingan.
Norma Gledis Kappali — 1960 yili «Jahon go‘zali» tanlovida g‘olib chiqqan ilk argentinalik. Mukofot sifatida 500 funt sterling va sport mashinasi sovg‘a qilishgan. Norma keyinchalik aksariyat modalar uylari, xususan, «Dior» va «Armani» bilan hamkorlikda ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?