13:43 / 06.01.2021
2 935

To‘qayev Qozog‘iston hududini «Rossiyaning sovg‘asi» deb atagan Davlat dumasi deputatiga javob qaytardi

To‘qayev Qozog‘iston hududini «Rossiyaning sovg‘asi» deb atagan Davlat dumasi deputatiga javob qaytardi
Foto: «Informburo.kz»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat hududini qozoqlarga «tashqaridan hech kim» bermagani qayd etilgan maqola yozdi. Ushbu maqola mamlakatning «Suveren Qozog‘iston» gazetasida chop etilgan, deb xabar beradi Meduza.

«Muqaddas zaminimiz ajdodlarimizdan meros qolgan — bu bizning asosiy boyligimiz. Qozoqlarga chetdan hech kim ulkan hududni bermagan. Tariximiz 1991 yoki 1936 yil bilan o‘lchanmaydi. Odamlarimiz bu yerda Qozoq xonligi va undan oldingi — Oltin O‘rda, Turk xoqonligi, xunlar va saklar davrida ham yashagan… Tarixni tarixchilar o‘rganishi kerak, siyosatchilar emas», — deyiladi maqolada.

To‘qayev, shuningdek, «mamlakat hududiy birligini shubha ostiga qo‘yayotgan va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini tanqid qilib, provakatsion harakatlarni amalga oshirayotgan ayrim chet elliklarga ommaviy qarshi turish»ga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Davlat dumasining Ta’lim va ilm-fan qo‘mitasi raisi Vyacheslav Nikonov «Birinchi kanal»ning efiri vaqtida «Qozog‘iston hududi — Rossiya va Sobiq Ittfoq tomonidan katta sovg‘a» degan edi. Ushbu gaplaridan keyin Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning vaqtinchalik ishonchli vakili Aleksandr Komarovni chaqirib olgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev Qozog‘iston hududini «Rossiyaning sovg‘asi» deb atagan Davlat dumasi deputatiga javob qaytardi