Foto: EPA-EFE
AQSHning birinchi xonimi Melani Tramp ma’muriyati rahbari Stefani Grishem Vashingtondagi tartibsizliklar ortidan iste’fo berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikning ma’lumot berishicha, Grishem zudlik bilan lavozimini tark etmoqchi ekanligini aytgan. Shuningdek, Oq uyning ijtimoiy kotibi Riki Niketa va Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Sara Metyuz ham iste’foga chiqqan.
CNN telekompaniyasining xabar berishicha, bundan tashqari, tartibsizliklar ortidan Donald Trampning xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Mettyu Pottinger iste’fo berdi.
Telekanalning bildirishicha, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen, siyosiy muvofiqlashtirish bo‘yicha prezident yordamchisi Kristofer Liddel ham iste’fo berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQSH kongressiga bostirib kirishdi. Keyinroq kuch ishlatish tuzilmalari namoyishchilarni konress binosidan siqib chiqarishdi. Tartibsizliklar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi

Donald Trampning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisining COVID-19 uchun topshirgan testi musbat bo’lib chiqdi

Rossiya hukumati iste’fo berdi. Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bo‘ladi

Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni iste’foga chiqardi

Trampning shaxsiy yordamchisi iste’foga chiqdi

Oq uyda yana bir isteʼfo roʻy berdi