2 390
Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Foto: Haberlar
Turkiyaning Izmir shahrida chet eldan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan olti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, 8 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi.
Haberlar nashrining yozishicha, politsiya shaharda ayrim chet ellik ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilinayotgani haqida ma’lumot olgan.
Huquq-tartibot xodimlari 4 oy davomida gumonlanuvchilar izidan kuzatuv olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinsiy qullikda saqlangan ayollar Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar bo‘lib, ular kaltaklanib, bosim o‘tkazish orqali fohishalikka majburlangan.
Turli manzillar bo‘yicha olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida 8 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tadbir davomida qutqarilgan 8 nafar ayol o‘z vatanlariga qaytish masalasini hal qilish uchun viloyat migratsiya idorasiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyida Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilingandi. 2020 yilning sentabr oyida esa Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)