07:35 / 20.01.2021
2 385

Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Foto: Haberlar
Turkiyaning Izmir shahrida chet eldan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan olti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, 8 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi.

Haberlar nashrining yozishicha, politsiya shaharda ayrim chet ellik ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilinayotgani haqida ma’lumot olgan.

Huquq-tartibot xodimlari 4 oy davomida gumonlanuvchilar izidan kuzatuv olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinsiy qullikda saqlangan ayollar Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar bo‘lib, ular kaltaklanib, bosim o‘tkazish orqali fohishalikka majburlangan.

Turli manzillar bo‘yicha olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida 8 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tadbir davomida qutqarilgan 8 nafar ayol o‘z vatanlariga qaytish masalasini hal qilish uchun viloyat migratsiya idorasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyida Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilingandi. 2020 yilning sentabr oyida esa Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi