2 003
Lada Vesta simyog‘ochga qarshi: krash-test sedanning eng zaif joylarini ko‘rsatdi (video)
Kadr: YouTube
YouTube’dagi AcademeG kanalida simyog‘och ishtirokidagi navbatdagi krash-test videosi paydo bo‘ldi. Bu safar sinovda 2016 yilda ishlab chiqarilgan Lada Vesta ishtirok etdi. Rossiyada ishlab chiqarilgan yengil mashina loyihachilarning ochiq-oydin xatosini ko‘rsatib bergan.
Blogerlar besh yillik Vesta’ni 380 ming rublga (5 ming dollar) sotib olgan. Bu Piterdagi eng arzon variantlardan biri hisoblanadi: minimal jamlanma, 105 ming kilometr yo‘l bosgan, kapotida zanglash alomatlari va old qismi avariyaga uchragan. Biroq bularning barchasi ahamiyatsiz, chunki test uchun yon tomondagi himoya muhim hisoblangan.
Kadr: YouTube
Simyog‘och bilan to‘qnashuv oldidan modelning eng kuchsiz joyi lonjeron (avtomobil ramasining yondori) ekanligi ma’lum bo‘lgan. Gap shundaki u butun emas, balki ikki qism o‘rtasidagi oraliqda joylashgan bo‘lib, negadir kuzov o‘rtasidan joy olgan — zarba aynan shu yerga to‘g‘ri kelgan.
Avtomobil soatiga 39 kilometr tezlikda simyog‘ochga yon tomoni bilan urilgan. Tezlik juda past bo‘lishiga qaramay, uning geometriyasi o‘zgarib ketgan: tom qismi egilgan, eshiklar pachoqlangan, orqa chap qanot ichkariga kirib qolgan, yuqori ustun sinib ketgan, old o‘rindiq esa sezilarli darajada yon va yuqoriga siljib ketgan.
E’tiborli jihati, Lada rolik avvalida aytilgan joyi — lonjeron yoriqlariga kelgan zarba oqibatida «sochilib ketgan». Bu kabi yoriqning bo‘lishi loyihalash jarayonidagi qo‘pol xatolik hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi