00:13 / 02.02.2021
3 212

Jo Baydenni sudga berishmoqchi

Jo Baydenni sudga berishmoqchi
Foto: «News.yandex.ru»
AQSHning Texas shtati gubernatori Greg Ebbott AQSH prezidenti Jo Baydenni iqlim inqirozidan chiqish uchun «dushmanlik» rejalarini ilgari surgani uchun sudga berish bilan tahdid qildi, deya xabar berdi «The Independent nashri».

Ebbott iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash doirasida Oq uy rahbari tomonidan imzolangan farmonlar uning shtatida neft va gaz qazib olishga putur yetkazishini tushuntirgan.

Shu bilan birga, gubernator shunchaki so‘zlar bilan cheklanib qolmasdan, AQSHning yangi prezidenti va uning ma’muriyati tomonidan ma’qullangan tashabbuslarni sud tomonidan shubha ostiga qo‘yishga imkon beruvchi buyruqni imzolagan.

Tegishli hujjatni imzolab, u soha vakillarini ish joylarini saqlab qolishiga ishontirib, «Texas neft va gaz sanoatini Vashingtonning har qanday dushmanlik hujumidan himoya qiladi», deb ta’kidlagan u.

28 yanvarda Bayden davlat yerlari va offshorlarda «qora oltin» va gaz konlarini qazish uchun yangi litsenziyalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzolab, neftchilarni g‘azablantirgani haqida xabar berilgan edi.

Barak Obamaning prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar 2025 yilga kelib chiqindi gazlarini 2005 yildagiga nisbatan 26-28 foizga qisqartirishga va’da bergan, ammo bu maqsadga yaqinlasha olmagan. Donald Tramp prezidentligi davrida chiqindilarni kamaytirish ishlari deyarli to‘xtab qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Baydenni sudga berishmoqchi