07:30 / 14.02.2021
2 027

Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylandi

Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylandi
Foto: Forbes
Bumble dating dasturining asoschisi Uitni Vulf Herdning boyligi 1,6 milliard dollarni tashkil etadi, u kompaniya muvaffaqiyatli IPO (birjadagi dastlabki ommaviy taklif) o‘tkazgandan so‘ng milliarderga aylandi. Birinchi auksionda Bumble aksiyalari 85 foizga o‘sishga erishgan. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Bumble tanishuv xizmatining rahbari va asoschilaridan biri 31 yoshli Uitni Vulf Herd IPO’dan keyin o‘z kuchi bilan boylik orttirgan eng yosh ayol milliarderga aylandi, deb ta’kidladi Forbes.

Bumble 11 fevralda NASDAQ birjasida savdoni boshladi. IPO paytida ularning narxi bitta aksiya uchun 43 dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, birinchi kimoshdi savdosida qimmatli qog‘ozlar qiymati 85 foizdan oshib, har bir aksiya uchun 79,6 dollarni tashkil etdi, kompaniyaning bozor qiymati esa 15 milliard dollardan oshdi.

Uitni kompaniyaning deyarli 12 foiziga egalik qiladi (21,54 million aksiya). IPO’dan keyin Forbes uning ulushini 1,6 milliard dollarga baholagan.

Ma’lumot uchun, Bumble – tanishish xizmati. Uning raqobatchilardan farqi shundaki, Bumble’da faqat ayollar birinchi bo‘lib muloqot boshlashi mumkin.

Shuningdek, Vulf Herd Tinder tanishuv ilovasi asoschisi va rahbarlaridan biri bo‘lgan. 2014 yilda u sobiq xo‘jayinini jinsiy zo‘ravonlik va tahdid qilishda ayblab sudga berganidan keyin kompaniyani tark etgan. Tinder ayblovlarni rad etgan va ziddiyat tezda hal qilingan.

Tinder’ni tark etganidan ko‘p o‘tmay, Vulf Herd Badoo tanishuv xizmatini yaratgan rossiyalik milliarder Andrey Andreyev bilan birga Bumble dasturiga asos solgan.

Blackstone Group xususiy investitsiya kompaniyasi 2019 yilda xizmatning nazorat paketini sotib oldi. Andreyev Bumble, Badoo, Chappy va Lumen xizmatlariga egalik qiluvchi MagicLab xoldingi aksiyalarining nazorat paketini Blackstone’ga sotdi. Shartnoma doirasida MagicLab taxminan 3 milliard dollarga baholangan edi, bitimdan so‘ng MagicLab nomi Bumble deb o‘zgartirildi va Herd uning bosh direktori bo‘ldi. Onlayn platformaga Blackstone’dan tashqari venchur kompaniyalari Accel, Bessemer Venture Partners va Greycroft ham sarmoya kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylandi