18:13 / 15.02.2021
1 874

Burak O‘zdemirning Dubaydagi restorani karantin qoidalariga rioya etmagani uchun yopildi

Burak O‘zdemirning Dubaydagi restorani karantin qoidalariga rioya etmagani uchun yopildi
Foto: The National
Dubay hokimiyati mashhur oshpaz Burak O‘zdemirning restoranini COVID-19 profilaktika qoidalarini buzgani uchun yopdi, deb yozadi «Russianemirates.com». Restoran ochilganiga bir oy bo‘lgan va 45 mingdan ortiq mehmonlarga xizmat ko‘rsatilgan.

Restoranga tashrif buyurganlar orasida Dubay qirollik oilasi a’zolari, shuningdek, Rossiyaning aralash yakkakurash bo‘yicha chempioni Habib Nurmagomedov, futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va amerikalik aktyor Stiven Sigal ham bor. Shuningdek, o‘zbek shou-biznes vakillaridan Shahzoda Muhammedova, Ziyoda, Yulduz Usmonova va Halima ham tashrif buyurgan.

Bu orada Dubay OAV vakolatxonasi Dubay munitsipaliteti amirlikning iqtisodiy rivojlanish departamenti bilan birgalikda mashhur restoranni COVID-19 profilaktika qoidalariga rioya qilmagani uchun yopib qo‘ygani haqida xabar qilgan.

Istanbullik 26 yoshli restoran egasi va oshpaz Burak O‘zdemir o‘zining tabassumi bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Uning menyusida 150 dan ortiq taom mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida mehnat talab etadi. Instagram tarmoqda esa uni 20 milliondan ortiq obunachi kuzatib boradi.

Mazkur restoran Dives Holding bilan qo‘shma loyiha bo‘lib, 600 kishiga mo‘ljallangan, ammo koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng, 1200 o‘ringa kengaytirish rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, restoran mintaqadagi eng katta ovqatlanish maskanidir.

Ushbu hafta davomida Dubayda yana COVID-19 profilaktika choralari buzilgani uchun 5 ta restoran yopilgan. Shuningdek, yaxta, kenglik va villalarda o‘tkazilgan ziyofat tashkilotchilari va mehmonlari ham jarimaga tortilgan.

Qolaversa, Dubay Inqiroz va ofatlarni boshqarish bo‘yicha Oliy qo‘mitasi avval restoran, qahvaxona va boshqa ovqatlanish xizmatlarini taklif etuvchi tashkilotlar uchun qoidalarni yangilagan. Xususan, stollar orasidagi xavfsiz masofa ikki metrdan uch metrgacha oshirilgan. Bitta stolda mehmonlarning ruxsat etilgan soni restoranlarda 10 dan 7 gacha, qahvaxonalarda esa 4 tagacha kamaytirilgan.

2021 yilning 2 fevralidan kuchga kirgan Dubay ma’murlari olomon yig‘iladigan tadbirlarni taqiqladi. Mehmonxona hududida musiqa taqiqlangan, kinoteatr va ko‘ngilochar markazlar, sport majmualarida bandlik darajasi 50 foizga tushirilgan. Mehmonxona, suzish havzalari kabilarda 70 foizgacha kamaytirilgan.

Restoran va qahvaxonalar 01:00 dan kechiktirmasdan yopishga buyruq berilgan. Shuningdek, o‘yin-kulgilar ham taqiqlangan bo‘lib, yangi cheklovlar 2021 yilning fevral oyining oxiriga qadar amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burak O‘zdemirning Dubaydagi restorani karantin qoidalariga rioya etmagani uchun yopildi