Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)

1 daqiqa o'qish2.4K
Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)
Kadr: YouTube
Britaniyada Lara Meyson ismli qandolatchi Land Rover Defender ko‘rinishidagi ulkan tortni tayyorlash jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishdi. Qandolatchining so‘zlariga ko‘ra, shirin yo‘ltanlamas ikki ming kishini to‘ydirishga yetgan, deb xabar beradi Motor.

Lara Meyson qandolatchilik borasidagi noodatiy yechimlari bilan tanilgan. Britaniyalik ayol ko‘p qavatli eksklyuziv tortlar, shuningdek, mashhurlar ko‘rinishidagi shirinliklarni tayyorlab keladi. 2015 yilda Jaguar Land Rover konserni ayol bilan Defender yo‘ltanlamasi ko‘rinishidagi tortni tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Britaniya kompaniyasi ulkan tort yordamida o‘zining ikki millioninchi modelining ishlab chiqarilishini nishonlagan.

Biroq Meyson shirin Defender’ni qanday qilib yaratgani tasvirlangan videoni endigina e’lon qildi. Bu kabi tortni pishirish uchun ayol maxsus yog‘och romdan foydalangan. Qandolatchi qatlamlarni bir-birining ustidan terib, asbob-anjomlari yordamida yo‘ltanlamasning tashqi ko‘rinishini yaratgan. Eksteryeri tayyor bo‘lgach, Defender muzlatilgan va shundan so‘ng bo‘yoqlar, yaltiroqlar va jelatin yordamida uning tashqi ko‘rinishi yakunlangan.
Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)
Kadr: YouTube
Lara Meysonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tort bilan 2 ming kishini to‘ydirish mumkin bo‘lgan. Qandolatchi Jaguar Land Rover bilan hamkorligi doirasida yangi zavodning ochilishi munosabati bilan yesa bo‘ladigan dvigatelni yaratgan. Mayda detallariga ham e’tibor qaratilgan motor osongina Jaguar XЕ yoki Land Rover Discovery Sport’ga o‘rnatiladigandek taassurot uyg‘otgan. O‘z mahsulotlarini namoyish etganidan so‘ng Meysonga Aston Martin, Mini Cooper va hatto Harley-Davidson ko‘rinishidagi tortlarni yaratish bo‘yicha takliflar tushgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?