17:33 / 17.02.2021
832

Bollivudning «Ra.One» filmining suratga olish jarayonini tomosha qilayotgan Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedov

Bollivudning «Ra.One» filmining suratga olish jarayonini tomosha qilayotgan Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedov
Foto: «Yandeks Dzen»
Prezidentlar ham xuddi oddiy insonlar kabi yoqtirgan kinoyulduzi bilan tanishish, suratga olish jarayonlarini kuzatish, dastxat olish, suratga tushish va choy ustida suhbat qurishni yoqtirsa kerak.

Bir necha yillar avval Rossiyaning amaldagi prezidenti − Dmitriy Medvedov Bollivudning eng yirik kino sanoati Yash Raj Films’ga ham tashrif buyurgan hamda uning asoschisi Yash Chopra bilan uchrashgan edi.

Foto: LiveInternet
2011 yilda rejissyor Anubxav Singx suratga olgan film «Tasodifiy kirish», ya’ni «Ra.One» deb nomlangan.

Foto: LiveInternet
Matbuot anjumanining rasmiy bayonotida Dmitriy Medvedov 1972- yoki 1973 yilda tomosha qilgan birinchi hind filmi «Janob 420» ekanligi, keyin ularning soni ko‘pligidan hammasini ham eslay olmasligini, shuningdek, ular qalbdan chuqur o‘rin egallaganini ma’lum qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Medvedov Bollivud qiroli – Shohrux Xon bilan va Raj Kapurning nabirasi Karina Kapur bilan ham suhbatlashgan.

Foto: LiveInternet
Birgalikda o‘tgan 20 daqiqa vaqt mobaynida qahva ichish bilan birga, Karina va Shohrux Xon bir nechta raqslarni namoyish etgan. Xavfsizlik sababli filmni to‘liq suratga olish jarayoni ko‘rsatilmagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Ra.One» «Robot» filmining hindcha variant bo‘lib, Rossiyada ushbu film internet orqali keng tarqalgan edi. Kartinaning Bollivud versiyasida esa bir qancha cheklovlar mavjud.

Foto: LiveInternet
Filmda dunyo go‘zali – nafaqat Bollivud, balki Gollivud aktrisasi hisoblangan Priyanka Chopra ham ishtirok etgan.

Foto: LiveInternet
«Tasodifiy kirish» kartinasi Rossiyada namoyish etilgan bo‘lsa-da, kutilgan natijaga erishmagan. Ammo Shohrux Xon hanuzgacha eng ko‘p muxlisga ega aktyor sifatida e’tirof etiladi.

Foto: LiveInternet

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Bollivudning «Ra.One» filmining suratga olish jarayonini tomosha qilayotgan Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedov