16:38 / 21.02.2021
1 806

Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi

Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi
Foto: Getty Images
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp fevral oxirida konservativ siyosatchilar va faollar an’anaviy anjumanida nutq so‘zlaydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. Bu uning davlat rahbari lavozimini tark etganidan keyin birinchi marta ommaviy tadbirda qatnashishi bo‘ladi, deb yozadi «RBK».

CNN xabariga ko‘ra, anjuman 28 fevral kuni Orlando (Florida shtati)da bo‘lib o‘tadi. The Hill ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasi va konservativ harakatning kelajagi haqida gapirmoqchi.

Amerika Konservativ ittifoqi Tramp so‘zga chiqishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ushbu anjuman odatda Merilendda o‘tkaziladi, ammo bu yil pandemiya tufayli uni Orlandoga ko‘chirishga qaror qilishdi, u Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini tiklashni va jurnalistlar bilan yana muloqot qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, sobiq prezident «uning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan yoki noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilish harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan respublikachilardan qasos olishni istayapti».

Yanvar oyida Donald Tramp Florida shtatida o‘z vakolatxonasini ochgan edi. U «sobiq prezident devoni» deb nomlangan. Devonxona Trampning yozishmalari, ommaviy bayonotlari va nutqlari bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi