Foto: «Zhang Rongrong»
Xitoydagi bir oila «ortiqcha» bolalar uchun jarima to‘ladi: Chjan Junjun va uning eri qonunni buzgan: qonunga binoan mamlakat fuqarolari ikkitagacha bolaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Er-xotin «chiroyli raqam» hosil bo‘lishi uchun yettita farzandli bo‘lishga qaror qilishgan. Ular allaqachon 1 million yuandan ko‘proq (155 ming AQSH dollari) jarima to‘lashgan. SCMP ta’kidlashicha, ushbu to‘lovsiz besh o‘g‘il va ikki qizdan iborat bolalar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ololmasdi.
Chjan Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida tikuvchilik fabrikasi, zargarlik kompaniyasi va kosmetik muolajalar bo‘yicha biznesni boshqaradi. Xitoydagi ko‘pgina ishbilarmon ayollar ba’zida umuman farzand ko‘rmasligiga qaramay, Chjan o‘z bilganidan qolmadi: katta oilada hech qachon yolg‘iz qolmaysan.
«Turmush o‘rtog‘im biror joyga ketganda, katta farzandlarim o‘qishga borganda, yonimda boshqa bolalarim qoladi... Qariganimda ular meni ko‘rishga kelishlari mumkin», — dedi ayol.
1979 yildan 2015 yilgacha Xitoy hukumati «bitta oila — bitta bola» demografik siyosatini olib bordi. 2016 yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikkita farzandli bo‘lishga ruxsat berildi. 1970 yillardan boshlab Pekin qonuniy ravishda oilalar sonini cheklab kelmoqda, negaki rasmiylar aholining ulkan o‘sishini muammo deb bilishadi: shu tufayli mamlakatning yer, suv va energetika resurslari haddan tashqari zo‘riqib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi