14:22 / 26.02.2021
1 672

Texasdagi sovuq ob-havo neft narxiga ta’sir qildi

Texasdagi sovuq ob-havo neft narxiga ta’sir qildi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Brent nefti narxi 0,4 foizga o‘sib, bir barreli uchun 65,51 dollarni tashkil etdi. WTI nefti esa 0,5 foizga qimmatlab, bir barreli 62 dollarga baholanmoqda, deb yozmoqda Kun nashri.

Amerika banki hisobotiga tayanib Reuters’ning xabar berishicha, Brent tipidagi neft narxlari koronavirus pandemiyasi, Texasda havo harorati keskin sovib ketishi, OPЕK+ ishlab chiqarish cheklovlari va global valyuta stimulining tengsizligi sabab o‘sib bormoqda.

So‘nggi o‘sish ko‘rsatkichlarida Brent nefti narxi 0,4 foizga oshib, bir barreli uchun 65,51 dollarni tashkil etdi. WTI nefti esa 0,5 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 62 dollarga baholandi.

Bank prognozlarida Brent neftining 2021 yilda barreli uchun o‘rtacha 60 dollar bo‘lishi kutilmoqda. WTI neftining bu yil uchun o‘rtacha bir barreli 57 dollarni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

«2021 yilning ikkinchi choragida Brent narxlari vaqtincha barreliga 70 dollarga ko‘tarilishi mumkin», deyiladi bank tahlilchilari notasida.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni fevral va mart oylarida neft qazib olishni qisqartiradi.

Yaqinda AQSHda neft qazib olishning umumiy hajmi uchdan bir qismga – rekord darajaga kamaygani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasdagi sovuq ob-havo neft narxiga ta’sir qildi