1 678
Rossiyalik diplomatlar Shimoliy Koreyani motorsiz temir yo‘l vagonida tark etdi (foto, video)

Foto: Twitter
Rossiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) o‘rtasidagi chegaralar bir yildan ortiq vaqtdan buyon yopiq bo‘lgani sababli Rossiya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari o‘z vataniga dezina (temir yo‘lda yuradigan motorli yoki motorsiz arava, vagon)da qaytib keldi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Sakkiz nafar rossiyalik — elchixona xodimlari va ularning oila a’zolari 32 soat davomida poyezdda, ikki soat davomida avtobusda yurib, so‘ng Rossiya tomonga piyoda o‘tib olgan.
«Buning uchun vagon avvaldan yasab qo‘yilib, relslarga o‘rnatilgan, ustiga yuklarni ortib, bolalarni mindirib, so‘ng yo‘lga chiqilgan», — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Vagonni Rossiyaning Xasan chegara stansiyasigacha — bir kilometrdan ko‘proq masofagacha itarib borishgan. Primore o‘lkasi ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan avtobus diplomatlarni Vladivostok aeroportiga yetkazib qo‘ygan. So‘ng ular samolyotda Moskvaga uchib ketgan.
Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi temir yo‘l harakati koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 3 fevralda to‘xtatilgan edi. Ilgari poyezdlar Pxenyan—Moskva, Pxenyan—Xabarovsk, Moskva—Tumangan yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanardi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

🛤25 февраля на Родину вернулись 8 россиян-сотрудников российского Посольства в КНДР и членов их семей.
— МИД России 🇷🇺 (@MID_RF) February 25, 2021
🚩Поскольку вот уже больше года границы закрыты и пассажирское сообщение прекращено, добираться домой пришлось долгим и трудным путём...
🔗 https://t.co/nFOWeVGdmn pic.twitter.com/G30qgWvjXG
Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi temir yo‘l harakati koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 3 fevralda to‘xtatilgan edi. Ilgari poyezdlar Pxenyan—Moskva, Pxenyan—Xabarovsk, Moskva—Tumangan yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanardi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

KXDR va Janubiy Koreya 14 yilda ilk bor yo‘l bilan tutashtirildi

Tarixiy uchrashuv: Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlari uchrashdi

«Ruslar tashqariga». Yana 5 davlat ro‘yxatda

Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto)

Vladimir fojiasi: poyezd o‘z yo‘lida davom etdi

Janubiy Koreya kemalari Vladivostok suvlariga kirib keldi