Demokratlar Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik banknotani tekshirishni talab qilmoqda

Demokrat senatorlar AQSH Moliya vazirligi Bosh inspektori idorasidan Donald Tramp tasviri tushirilishi mumkin bo‘lgan 250 dollarlik banknota loyihasini tekshirishni so‘ramoqda.
Axios xabariga ko‘ra, senatorlar mazkur banknotani ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan xarajatlar va loyihaning qonuniy asoslarini o‘rganishni talab qilgan.
AQSH qonunchiligiga ko‘ra, pul belgilarda tirik insonlar tasviridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu sabab Tramp portreti tushirilgan banknotani muomalaga chiqarish Kongress tomonidan alohida tasdiqlanishi kerak bo‘lishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…