Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2021 yil 27 fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.
Vazir prezident Shavkat Mirziyoyevning Sadir Japarovga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo‘l ochadigan transport yo‘laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o‘z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi